Yurisprudensiya 3 / 2022

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Ismoilov Bekjon Salihovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilishda xorij tajribasi atroflicha o‘rganilgan. Bu masalada xalqaro tajribaning ahamiyati qay darajada ekanligi huquqiy jihatdan tahlil etilgan. Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning atrof-muhitga moslashishi, ularning kasbiy reabilitatsiya jarayonlari, ularni ishga joylashtirish strategiyalari xalqaro qonunchilik asoslariga muvofiq ko‘rib chiqilgan. Bizga ma’lumki, alohida ehtiyojli shaxslarni ishga joylashtirish butun dunyoda eng dolzarb ijtimoiy muammolardan biri sanaladi…

Ergashev Ikrom Abdurasulovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, dotsent, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada mamlakatimizda soliq sohasidagi qonun buzilishlarning oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu borada soha qonunchiligini tegishlicha takomillashtirishning ijobiy samarasi asosida kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan soliq sohasidagi qonun buzilishlarning miqdor jihatidan kamayishi asoslangan…

Babadjanov Atabek Davronbekovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti dekani, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Annotatsiya
Maqolada mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari shakllanishida siyosiy partiyalar ishtirokining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari va mazkur yo‘nalishdagi muammolar yoritilib, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari shakllanishida siyosiy partiyalar ishtirokini kengaytirish hamda ular faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.

Bozarov Sardor Soxibjonovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro xususiy huquq kafedrasi mudiri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu maqolada muallif sun’iy intellekt tushunchasi, uni ko‘plab xorijiy mamlakatlarda va O‘zbekistonda rivojlantirish strategiyalari masalasini muhokama qiladi. Xususan, sun’iy intellekt sohasidagi global ishtirokchi davlatlar: AQSh, Xitoy, yevropa Ittifoqi va boshqa mamlaktlarning sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha konseptual masalalari ko‘rib chiqilgan…

Usmonova Munisxon Yo‘ldosh qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada jismoniy shaxslarning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda normal holatda ishtirok etishini ta’minlovchi yuridik mezonlar tahlil qilinadi. Muallif tomonidan ushbu yuridik mezonlar to‘rt guruhga bo‘lib o‘rganilgan. Maqolada huquq sub’ektliligining kategoriyalari bo‘lgan huquq layoqati va muomala layoqati, delikt layoqat, shaxs o‘z harakatlarini amalga oshirish jarayonida oqibatni anglashi va tushunib yetishi, voyaga yetganlik hamda voyaga yetmasdan oldin muomala layoqatiga ega bo‘lish (emansipatsiya, qonunda nazarda tutilgan hollarda nikoh yoshiga yetmay turib oila qurish) holatlari batafsil yoritiladi…

Babakulov Zafar Kurbonnazarovich

yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti

Annotatsiya
Mashhur tadbirkor, ishbilarmon, “Microsoft” kompaniyasi asoschisi Bill Geytsning “Agar Internetda sizning biznesingiz yo‘q bo‘lsa, unda biznesdagi o‘rningiz ham yo‘qdir”, deb aytgan gapi hozirgi zamon uchun mos va inkor etib bo‘lmaydigan haqiqatdir. Bugungi kunda moddiy makondagi savdo munosabatlarining virtual makonga ko‘chayotganligi tijorat muomalasi ishtirokchilari uchun qulay savdo muhitini yaratmoqda. Internet tizimi rivojlanishi o‘zining ijobiy jihatlari bilan birga ayrim shaxslar uchun insofsiz faoliyat makoniga aylandi..

Saidmavlonova Gulasalxon Saidakramxon qizi

“ROEDL VA PARTNER” MChJda yurist yordamchisi

Annotatsiya
Maqolada har qanday rivojlanayotgan mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan investitsiyalar va investitsiyaviy huquqiy munosabatlar, shu jumladan, ularni huquqiy tartibga solish, investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslari ko‘rib chiqiladi…

Qutlimuratov Farxad Qalbayevich

yuridik fanlar nomzodi, dotsent, Qoraqalpoq davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Yuridik shaxslarni qayta tashkil etishda uning kreditorlari huquqlarining himoya qilinganligi va manfaatlarining ta’minlanganligi asosiy masalalardan biri sanaladi. Chunki yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, asosan, kreditorlar manfaatlariga ta’sir ko‘rsatadi va ularning huquqlari amal qilishini xavf ostiga qo‘yadi. Shu sababli qayta tashkil etish jarayoni boshlanishidan oldin kreditorni xabardor qilishga nisbatan aniq muddatlarni belgilash muhimdir…

Xudoynazarov Dadaxon Avaz o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya
Mazkur maqolada asosiy tushunchalar, nizolarni muqobil hal etish usullari, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish, nizolarni hal qilishning muqobil imkoniyatlarini kengaytirish, sudlarda ish hajmini maqbullashtirishda…

Xojabekov Muftulla Jolmurza o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti “Mehnat huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Maqolada o‘rindoshlik asosida ishlashning o‘ziga xos xususiyati, ushbu institutning mehnat qonunchiligi tizimidagi ahamiyati, shuningdek, o‘rindoshlikni tartibga soluvchi normalarning qiyosiy tahlili ko‘rib chiqilgan. O‘rindoshlik asosida ishlash aksariyat mamlakatlarning mehnat qonunchiligida yangilik emas. Mehnat bozorida uy bekalari, qorovul, mavsumiy va kunbay ishchilar kabi ishchilarni yollash har doim katta talabga ega. Yuqorida aytib o‘tilgan xodimlar bilan bir qatorda, ma’lum sharoitlarda malakali mutaxassislarni o‘rindoshlikka jalb qilish keng tarqaldi…

O‘razaliyev Murod Qorayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti «Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish» kafedrasi dotsenti, DS

Annotatsiya
Ushbu maqolada giyohvandlikning ijtimoiy xavfliligi, shuningdek, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilishning salbiy oqibatlari, giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarning sabablari va shartlari yoritilgan. Shu bilan birga, maqolada giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarning xususiyatlari va tarkibi tavsiflangan.

Toshpulatov Akrom Ikromovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Maqolada jinoyat-huquqiy prinsiplarni tadqiq qilishda umumilmiy metodlardan foydalanish masalalari yoritilgan. Jumladan, induksiya, gipotetik-deduksiya va abduksiya metodlaridan foydalangan holda jinoyat-huquqiy prinsiplarni tadqiq etishga oid mulohazalar bildirilgan…

Djalilov Furkat Zakirovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada davlat xizmatchisining qonunga xilof mulkiy manfaatdorligi bilan bog‘liq jinoyatlar sub’ektiga doir normalarni takomillashtirish masalalari atroflicha tahlil qilingan va bugungi kunda jamiyat hayotida ommaviy axborot vositalarining o‘rni va rolining oshirilishi, davlat xaridlarini amalga oshirishda ochiqlik…

Sagdullayev Fatxulla Shukrullayevich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada mamlakatimizda hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish uchun javobgarlik belgilovchi jinoyat qonunchiligi normalarining rivojlanishi tendensiyalari tadqiq etilgan. Jinoyat qonunchiligining rivojlanishida 1926,…

Tashev Azizbek Ibragimovich

Buxoro viloyat prokuraturasi xodimi

Annotatsiya
Voyaga yetmaganlarni adliya tizimidan rasmiy chetlatish choralarining ijobiy va salbiy tomonlari haqidagi fikrlar, voyaga yetmagan shaxsni adliya tizimidan chetlatish choralariga etimologik va xalqaro standart sifatida samaradorligi nuqtai nazaridan ta’rif berilmaguncha unchalik ishonchli bo‘lmasligi mumkin…

Jumaniyozova Nuriya Ahmedovna

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya
Ushbu maqola yuridik diskurs va uning tilshunoslikda o‘rganilishi haqida bo‘lib, yuridik diskursning o‘rganilish bosqichlari va yondashuvlari yuzasidan zaruriy ma’lumotlar beradi. Bilamizki, yurislingvistikaning obyekti hisoblanuvchi institutsional diskursning mazkur turi bugungi kunga qadar ko‘plab xorijiy tilshunos va huquqshunos olimlar tomonidan tadqiq qilingan bo‘lsa-da, o‘zbek tilshunosligida bu diskurs turi pragmalingvistik yondashuv asosida hanuzgacha o‘rganilmagan…