OILAVIY NIZOLARDA MEDIATSIYA

Xudoynazarov Dadaxon Avaz oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi mudiri oʻrinbosari, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Ushbu maqolada mediatsiyaning oilaviy nizolarni hal etishdagi o‘ziga xos jihatlari va ahamiyati, oilaviy nizolarda ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish mexanizmlari, mediatsiyaning sud muhokamasidan afzalliklari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar tajribasi hamda xorijiy va mahalliy huquqshunos olimlarning fikrlari o‘rganildi. Tadqiqotda, ayniqsa, tarixiy va qiyosiy metodlardan foydalanib, mediatsiya institutining mamlakatimizda uzoq vaqtdan beri mavjudligi tahlil qilindi. Shuningdek, milliy qonunchilikda mavjud bo‘lgan bo‘shliqlar va ularni takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Mediator ishtirokiga doir ijobiy va salbiy tomonlar aniqlandi. Maqolada oilaviy nizolarni hal etishda mediatsiyaning ahamiyati va mohiyati, shuningdek, oilaviy nizolarni muqobil va tezkor usullar bilan hal qilishning afzalliklari batafsil o‘rganildi. Bundan tashqari, oilaviy nizolarni hal qilishda mediatsiya bo‘yicha milliy qonunchilik xorijiy davlatlar, xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstriya, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston qonunchiligi hamda amaliyoti bilan qiyosiy tahlil qilindi. Maqolada oilaviy nizolarda mediatsiyani takomillashtirish maqsadida ilmiy-nazariy xulosalar chiqarilib, amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kalit so'zlar
mediatsiya, oilaviy vositachilik, bola tarbiyasi, nizo, vositachi, huquqiy kelishmovchilik, hal etish, muqobil usullar, fuqarolik jamiyati, qaror qabul qilish, kelishuv, mediatsiya bitimi, mediatsiya ishtirokchilari, vositachilik
Iqtibos uchun
For citation: