SIYOSIY PARTIYA FAOLIYATINI TUGATISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA TAHLILI

Shodmonov Mirzoxid Muxtor o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Muallif haqida ma'lumot

Annotatsiya
Bugungi kunda dunyodagi barcha demokratik davlatlarda siyosiy hokimiyatning shakllanishini siyosiy partiyalar ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Siyosiy partiyalar demokratiya yuqori darajada rivojlangan davlatlarda ham o‘z-o‘zidan taraqqiy etmagan, balki uzoq tadrijiy yo‘l bilan murakkab ijtimoiy muhitni boshdan kechirish orqali huquqiy islohotlar bilan rivojlangan. Siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish masalasining ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanishi, siyosiy partiyalar huquqiy asoslarining takomillashtirilishi orqali davlat va jamiyat hayotida ularning roli kuchaydi. Bu esa ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitining shakllanishida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Maqola siyosiy partiya faoliyatini tugatishning nazariy-huquqiy asoslari va bu boradagi milliy va xorijiy tajriba tahlili haqida bo‘lib, asosan, milliy va xorijiy davlatlar qonunchilik hujjatlari hamda bu boradagi ilmiy tadqiqot ishlari qiyosiy tahlil asosida tadqiq qilindi va o‘rganildi. Tadqiqot doirasida mavzuning muammoli jihatlari ilmiy tahlil qilingan holda ilmiy metodlar bo‘lgan ilmiylik, xolislik, tizimlilik, huquqiy taqqoslash uslubi, induksiya-deduksiya va boshqa ilmiy usullar qo‘llanildi. Tadqiqot ishimizda partiya faoliyatini tugatishning nazariy-huquqiy asoslari va bu boradagi milliy va xorijiy tajriba tahlili yuzasidan amaliy taklif va ilmiy xulosalar berildi.
Kalit so'zlar
siyosiy partiya, elektorat, siyosiy partiyani tugatish, siyosiy guruh, dastur, ustav, xalqaro tajriba.
Iqtibos uchun
For citation: