Yurisprudensiya maxsus son I qism

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Axmedshayeva Mavluda Axatovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Maqolada har bir davlatning asosiy qonuni bo‘lgan Konstitutsiya, uning yuridik va siyosiy mazmun mohiyati, huquq tizimida tutgan o‘rni kabi masalalar bugungi zamonaviy huquq va milliy huquq voqeliklari asnosida ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘zida nafaqat milliy davlat-huquqiy rivojlanish yutuqlarini, balki jahondagi eng ilg‘or davlatlar konstitutsiyaviy rivojlanishi natijalari, boy tajribasini ham o‘zida ifoda etishi ta’kidlangan…

Ne’matov Jo‘rabek Ne’matilloyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga zid qaror, harakat (harakatsizligi) yuzasidan ma’muriy sudga shikoyat qilish huquqini amalga oshirishning ayrim jihatlari tahlil qilingan. Maqolada ma’muriy sudlar tizimini isloh qilishga qaratilgan qonunchilikdagi о‘zgarishlar keltirib о‘tilgan…

Babadjanov Atabek Davronbekovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti dekani, yuridik fanlar bо‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Annotatsiya
Mazkur maqola mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining siyosiy partiya guruhlari faoliyat samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan bо‘lib, ushbu soha bо‘yicha ilmiy tadqiqot olib borgan mahalliy va xorijiy mutaxassislarning ilg‘or tajribalari о‘rganilib, mazkur yо‘nalishdagi amaliy muammolar ilmiy tahlil qilingan holda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining siyosiy partiya guruhlari faoliyat samaradorligini baholash mezonlari hamda amaliy takliflar ishlab chiqilgan…

Turaboyev Ixtiyorjon Qobilovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi katta о‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori

Annotatsiya
Hozirgi paytda an’anaviy moliyaviy institutlarga muqobil ravishda islom prinsiplariga asoslangan moliyaviy institutlar va ular tomonidan taklif qilanayotgan xizmatlarning roli oshib bormoqda. Maqolada islomiy moliya institutlarining о‘ziga xos xususiyatlari hamda ularning an’anaviy moliya institutlaridan farqlari tahlil qilingan…

Xo‘jayev Shoxjaxon Akmaljon o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti “Intellektual mulk huquqi” kafedrasining mudiri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu maqolada blogerning huquqiy maqomi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tahlil qilingan. Muallif blogerning huquqiy maqomini uning tushunchasi, huquqlari va majburiyatlari, mas’uliyati va jurnalistning farqlarini hisobga olgan holda batafsil ko‘rib chiqqan. Shuningdek, muallif bloger faoliyatida shaxs, jamiyat va davlatning axborotga doir xavfsizligi qoidalariga rioya qilish muhimligini ta’kidlagan…

Radjapov Husain Muhammad oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Dunyoning koʻp davlatlarida kartel kelishuvlari raqobat qonunchiligining eng xavfli va zararli huquqbuzarliklaridan biri hisoblanadi. Kartellarga qarshi kurashish uchun monopoliyaga qarshi organlar javobgarlikdan ozod qilish dasturlari (leniency program) kabi maxsus mexanizmlardan foydalanadi va jiddiy ma’muriy jarima, hatto jinoiy javobgarlikni ham qoʻllashadi. Kartel kelishuvini aniqlash va tekshirish monopoliyaga qarshi organlar uchun oson ish emas..

Yuldashov Abdumumin Abdugopirovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Intellektual mulk huquqi” kafedrasi dotsenti v.b.

Annotatsiya
Maqolada mualliflik huquqi obyektlaridan telekommunikatsiya tarmoqlarida foydalanishda uni muhofazasini ta’minlash masalalari haqida so‘z boradi. Xususan, bu yo‘nalishda blokcheyn vositalarining tutgan o‘rni, himoyalash usullari va texnik talablari hamda bu yo‘nalishdagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish jarayonlari xususida bayon etilgan…

Babajanova Dinara Islamovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi dotsenti v.b., yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu maqolada davlat siyosati doktrinasi umuman shartnomalarga nisbatan o‘rganiladi va farzand asrab olish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan hukumatning o‘ziga xos qoidalari ko‘rib chiqiladi. Maqolaning xulosasiga ko‘ra, o‘rnini bosuvchi ota-onalarni tarbiyalash to‘g‘risidagi shartnomalar 1) farzandlikka olishga rozilik berish qoidalariga mos kelmaydigan,…

Mexmonov Qambariddin Miradxamovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar bо‘yicha falsafa doktori

Annotatsiya
Maqolada ixtironing fuqarolik-huquqiy rejimi tahlil etilgan. Taklif etilgan tadqiqot ixtiro tushunchasi, huquqiy rejimining mazmun-mohiyati, mavjud prinsiplar, ixtiroga oid munosabatlarning rivojlanish tendensiyalari haqida tо‘liq ma’lumot olishga imkon beradi. Sо‘nggi yillarda О‘zbekistonda intellektual mulk obyektlarining yaratilishi va huquqiy muhofaza hujjati (patent) berilishi tendensiyasi huquq egalarining huquqlari yetarlicha himoyalanmagani bilan asoslanadi…

Ibragimova Aziza Ruziboyevna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
Tabiiy monopoliyalar Markaziy Osiyo mamlakatlarida, shuningdek, sobiq Ittifoq mamlakatlarida hanuzgacha mavjud bo‘lib qolayotgan, iqtisodiyotning yetakchi hamda muhim tarmoqlarida ishlab kelayotgan korxonalar sifatida saqlanib qolmoqda. Tabiiy monopoliyalar sohasiga raqobatni olib kirish, raqobat muhitining huquqiy asoslarini takomillashtirish dolzarb masalalardan biridir…

Shukrullayev Siyovush Ulug‘bek o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada amaldagi qonunchilikda MCHJ tushunchasining ta’rifi, bu xususda amaliyotda mavjud muammolar va takliflar, shuningdek, uni tashkil etgan ishtirokchilarining huquqiy maqomi va javobgarlik doirasi masalalari, bu boradagi olimlarning turli xil yondashuvlari va MCHJ faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bilan bog‘liq masalalar,…

Xalilova Zebiniso Erkinovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro xususiy huquq” kafedrasi katta o‘qituvchisi, LLM Eur va PhD (Bremen universiteti, Germaniya)

Annotatsiya
Har qanday pedagogik faoliyatda bo‘lgani kabi, arbitraj huquqini o‘qitish ham nimani o‘qitish va uni qanday o‘qitish to‘g‘risida to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni talab qiladi. Biroq, na “nimani”, na “qanday qilib” degan savollarga javob berishdan oldin “nima uchun” degan savolga javob topish kerak…

Batirova Kamola Yusupovna

Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi о‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolaning maqsadi ICO (tangalar birlamchi taklifi) va STO (qimmatli qog‘ozlar tokeni taklifi) kabi moliyaviy mablag‘lar jalb qilish usullarini tahlil qilishdir. Bu usullar hozirda korporativ moliyalashtirishning eng mashhur usullaridan biri hisoblanadi. Ushbu moliyalashtirish shakllarining о‘ziga xosligi shundaki, bu jarayon raqamli platformada amalga oshirilib, tranzaksion xarajatlarni va uchinchi shaxslarning, ya’ni moliyaviy vositachilarning ishtirokini bartaraf qiladi…

Usmonova Munisxon Yo‘ldosh qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Maqolada sun’iy intellekt tizimlaridan foydalanish va rivojlantirishni huquqiy qo‘llab-quvvatlashning asosiy mumkin bo‘lgan yondashuvlari qayd etilgan, xususan, ular proaktiv universal-to‘liq huquqiy tartibga solish va aniq yaratilgan sun’iy intellekt tizimlarini tartibga solishga qaratilgan huquqiy tartibga solishni o‘z ichiga oladi…

Qalandarov Aminjon Amondullayevic

Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Tadbirkorlik hukumatlar, ommaviy axborot vositalari va tadbirkorlik faoliyatiga qiziquvchilar tomonidan yuqori baholanadi. Shaxslar tadbirkorlikda erkinlikka bo‘lgan ehtiyojni va qoniqish hissini qondirish vositalarini ko‘rsalar-da, siyosatchilar buni millat uchun iqtisodiy o‘sish ambitsiyalarini qondirish uchun yonilg‘i deb bilishadi. Mavzu, garchi yangi bo‘lmasa-da, ommaviy axborot vositalarida haddan tashqari ko‘p e’tirof etilmoqda…

Rahmonova Mohichehra Nodirbek qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada blokcheyn, blokcheyn texnologiyalari, shuningdek, kriptoaktivlar va steyblkoyn atamalarining huquqiy maqomi masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada kriptovalyutalar bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni huquqiy tartibga solish va kriptoalmashuvini, smart kontraktlardan foydalanish va…

Turdialiyev Muhammad Ali Po‘latjon o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatidagi ayrim mavjud muammolarning o‘ziga xos masalalari yoritilgan. Bundan tashqari, maxsus iqtisodiy zonalar tushunchasi, maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatida boshqaruv bo‘yicha xorijiy ilg‘or tajriba va ushbu tizimni O‘zbekiston hududida qo‘llash istiqbollarini o‘rganish kabi masalalar tadqiq etilgan…

Tojiboyev Sarvar Zafarovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Fuqarolik huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Zamonaviy xalqaro investitsiyaviy bitimlarda (IIA) adolatli va teng huquqli rejim standarti (FET) ta’minlanadi. Adolatli va teng huquqli rejim standarti – bu investorlarning manfaatlarini himoya qiluvchi muhim standarti bo‘lib, ko‘p hollarda investorlar tomonidan investitsiyaviy arbitrajlarda muvaffaqiyatli havola qilinadi…